
Shohasan Mirzamatov ham "ATF Championship 3" turnirida jang qiladi
25 sentyabr kuni Toshkent shahri "ATF Championship 3" turniriga mezbonlik qiladi. Ma’lumki, ushbu promoushenga O‘zbekiston MMA olamining yorqin namoyandasi Muzaffar Radjabov asos solgan.
Quvonarli tomoni ushbu promoushenning 3 turnirida yurtimizning TOP jangchilari oktagonga ko‘tariladi. Shuningdek, ularga raqib sifatida xorijdan yuqori klassdagi sportchilar taklif qilingan.
Jumladan, yarim o‘rta vazn (77.1 kg) toifasida yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Shohasan Mirzamatov (5-1) ham mazkur kechada jang qiladi. Unga Ozarbayjon vakili Samir Huseynov (4-0) raqiblik qiladi.
Eslatib o‘tamiz: Shohasan Mirzamatov so‘ngi janglarini Qozog‘istonning "Oktagon" promoushenida o‘tkazayotgan edi.
Fikrlar