
Shodiyorjon Meliqo‘ziev qiyin jangda ajoyib g‘alabaga erishdi!
Xabaringiz bor, 24 maydan 1 iyungacha Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
Bugun ham bokschilarimiz chorak finalda o‘z uchrashuvlarini o‘tkazishi belgilangan.
-50 kg da hamyurtimiz Shodiyorjon Meliqo‘ziev va Hindiston vakili Kongkam Singx jangi yakunlandi. Shiddatli va murosasiz kechgan bahsda charm qo‘lqop ustamiz ochkolar evaziga g‘alabani ilib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni yana bir yurtdoshimiz Sayat Ilyasov va mezbonlar bokschisi Pidnuch Xunatip to‘qnashuvi kutmoqda.
Fikrlar