Shesni "Barselona" safida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

  • 1 oktabr, 2024, 15:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

34 yoshli polshalik darvozabon Voytsex Shesni Ispaniyaning “Barselona” klubi safida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Tecno

Manba bergan xabarga ko‘ra, Shesni “ko‘k-anorranglilar” bilan joriy mavsum oxirigacha amal qiladigan shartnoma borasida kelishib olgan. Shuningdek, u bugun 1 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Barselona”ning “Yang Boyz”ga qarshi Chempionlar ligasi 2-tur uchrashuvini tribunadan kuzatib borishi ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda polshalik darvozabon faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi, ammo "Barselona" qiziqishlari fonida futbolga qaytishga qaror qildi. O‘tgan mavsumda Shesni 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol o‘tkazib yuborgan. Voytsex Shesni faoliyati davomida “Arsenal”, “Roma” va “Yuventus” kabi grand jamoalarda o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sunnatjon Hamdamov
01/10/2024 18:29
Buyam rasvo qiladi
Keylor navas yaxshiroq edi