
Sherzod Temirov bugun "Persepolis" safida debyut qildi
Eron chempionati 21-turidan o‘rin olgan "Sanat-Naft" - "Persepolis" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Qayd etish lozim, Sherzod Temirov bugun "Persepolis" tarkibida o‘z debyutini nishonladi. U ikkinchi bo‘lim avvalida maydonga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, Tehron jamoasi ayni damda Eron Pro-ligasida 45 ochko bilan 2-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar