
Sher Mamazulunov chempionlik kamari uchun jang qiladi. Jang sanasi va raqib ma’lum
12 fevral kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida RCC promousheni tomonidan professional kikboksing bo‘yicha katta jang oqshomi tashkil etiladi. FAIRFIGHT nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu turnirda yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan professional kikboksing, K-1 ustasi Sher Mamazulunov ham o‘z jangini o‘tkazadi.
Ahamiyatli jihati, hamyurtimiz ushbu kechaning markaziy jangida rossiyalik Sergey Ponamaryovga qarshi FAIRFIGHT chempionlik kamari uchun bahs yuritadi. Ushbu qarama-qarshilik 84 kg vazn toifasida bo‘lib, 5 raund, 3 daqiqadan iborat bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, ushbu jang kechasida yana bir hamyurtimiz Mavlud Tifiev Kamryan Nabatiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Har ikki hamyurtimizga ushbu muhim janglarda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar