Shaxmatchilarimiz Frantsiyadagi musobaqada ishtirok etishadi

  • 19 iyul, 14:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Joriy yilning, 19–27 iyul kunlari Frantsiyaning Aix-en-Provence shahrida "Dole Open–2025" xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli musobaqada 39 mamlakatdan 293 nafar shaxmatchining ishtiroki kutilmoqda. Musobaqaning, umumiy mukofot jamg‘armasi — 30 880 evroni tashkil etadi.

Tecno

Musobaqa quyidagi guruhlar bo‘yicha tashkil etiladi:
Masters (2100 va undan yuqori reyting egalari)
Accession (2200 dan past reyting egalari)
Petits Zelos (1700 dan past reyting egalari)

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibi quyidagicha:

Yigitlar: GM: Madaminov Muhiddin, Nigmatov Ortiq, Abdisalimov Abdimalik
IM: Begmuratov Xumoyun, Saydaliev Saydakbar, Rahmatullaev Almas, Abdurahmonov Muhammadali
FM: Baxrillaev Bahrom, Omonov Asrorjon;

Qizlar: Yakubboeva Nilufar (WGM), Karimova Guldona (WIM), Malikova Marjona (WIM), Imomquzieva Nilufarkhon (WFM), Shokirjonova Barchinoy (WFM), Bobomurodova Maftuna (WFM)

Boshqa ishtirokchilar: Orazmuxammedova Maxim, Shaxzodova Ozoda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!