
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov 400 ming dollarlik musobaqada o‘z guruhida peshqadamlik qilmoqda
Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Islandiyada shaxmat bo‘yicha “World Fischer Random Chess Championship” jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
Ushbu musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov o‘zi joy olgan “A” guruhida 8 ochko to‘plagan holda 1-o‘rinda bormoqda.
“A” guruhi
- Abdusattorov - 8 (7½)
- Nepomnyashiy - 5 (5)
- So - 3 (3)
- Gretarsson - 0 (½)
“B” guruhi
- Karlsen - 6 (5½)
- Nakamura - 6 (5)
- Fedoseev - 4 (4)
- Blyubaum - 0 (1½)
Ma’lumot uchun, musobaqaning mukofot jamg‘armasi 400 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
Fikrlar