Shaxmat: ertaga xalqaro turnir yakunlanadi, bosh sovringa kimlar da’vogar?!

  • 21 avgust, 2021, 21:15
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

16 avgust kuni poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida boshlangan shaxmat turniri ertaga o‘z poyoniga etadi. O‘zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy A’zamov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan XIV an’anaviy xalqaro turnirda dunyoning 12ta davlatidan jam bo‘lgan 150 nafar aql-idrok sohiblari g‘oliblik uchun dona surishmoqda.

Tecno

Ortda qolgan 8-turdan keyin g‘oliblikka da’vogar ikki nafar shaxmatchi ajralib qoldi. Bular – armanistonlik Shant Sargisyan hamda hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboevlardir.

photo_2021-08-19_23-30-01

7-tur yakunlariga ko‘ra 5,5 ochko bilan peshqadamlar safida kelayotgan hamda qo‘shimcha koeffitsientlarga ko‘ra birinchi pog‘onani egallab turgan yana bir vakilimiz Nodirbek Abdusattorov esa 8-turda oq donalarda o‘ynagan bo‘lishiga qaramay o‘z jamoadoshi Jahongir Vohidovga imkoniyatni boy berdi. Natijada Abdusattorov biryo‘la 4-o‘ringa tushib ketdi.

8-turda Sargisyan o‘z hamyurti Tigran Arutunyanni, Yoqubboev esa qora donalarda o‘ynashiga qaramay eronlik Aryan Golamini mag‘lub etdi. Natijada Sarkisyan va Yoqubboev o‘z ochkolari sonini 6,5 taga etkazib olgan holda ta’qibchilaridan o‘zib ketishdi va so‘nggi tur oldidan aynan mana shu ikki sportchida musobaqa g‘olibi bo‘lish uchun juda yaxshi imkoniyat hosil bo‘lgan.

photo_2021-08-19_23-30-01_5

Abdusattorov ustidan qozonilgan g‘alaba esa Vohidovga 6 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarilib olish imkonini berdi.

4-11-o‘rinlarda borayotgan shaxmatchilar esa bir xil – 5,5 tadan ochko jamg‘arishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!