
Shaxmat. Ayollar terma jamoamiz 2026 yilgi Olimpiadaga tayyorgarlikni boshladi
Shaxmat bo‘yicha ayoooap terma jamoasi ustozi xalqaro grossmeyster Aleksey Dreev jamoa bilan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib bormoqda. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, tajribali murabbiy jamoa bilan kelgusi xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik doirasida bir qator yig‘inlar o‘tkazadi. Maqsad — bo‘lajak musobaqalarda yuqori natijalarga erishish va shaxmat olamida yangi yutuqlarni zabt etish.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan sentyabr oyida Vengriya poytaxti Budapesht shahri mexbonlik qilgan so‘nggi Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ayollar terma jamoamiz 12-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. 2026 yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasi esa O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar