Shavkatjon Boltaev imkoniyatni boy berib qo‘ydi, Mirazizbek Mirzahalilov esa musobaqadan "chopildi"

  • 10 sentabr, 18:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

-55 kg da yurtimiz sharafani himoya qilayotgan Mirazizbek Mirzahalilov irlandiyalik Tady Joyse bilan kurash olib bordi. To‘liq 3 raund davom etgan bahsda charm qo‘lqop ustamiz raqibdan faolroq harakat qilganiga qaramay, hakamlar Irlandiya vakilini g‘olib deb topishdi.

-70 kg da ishtirok etayotgan Shavkatjon Boltaev ham 3 raundlik jangda iordaniyalik Zeyad Eashashga ochkolar evaziga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda vakilimiz Javohir Ummataliev hamda Nurbek Oralbay (Qozog‘iston) to‘qnashuvi kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!