
Shavkat Mullajonov "So‘g‘diyona" bilan xayrlashdi
Tajribali himoyachi Shavkat Mullajonovning “So‘g‘diyona”dagi bir yillik faoliyati yakuniga etdi. Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, u shartnomasi yakunlangani sababli, jizzaxliklar bilan xayrlashgan.
O‘tgan mavsumda Mullajonov 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 34 yoshli futbolchining yangi mavsumni qaysi klubda davom ettirishi hozircha ma’lum emas. Biroq gap-so‘zlarga qaraganda, uning “Andijon”ga qaytish ehtimoli ham yo‘q emas. Chunki u katta futbolga “Andijon” orqali kirib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, shu paytga qadar Shavkat Mullajonov AGMK, “Lokomotiv”, “Buxoro”, “Metallurg” va “So‘g‘diyona” klublarida to‘p surgan bo‘lsa, legioner sifatida “Al Ahli” (Qatar), “Al Nassr” (Saudiya Arabistoni), “Liaoning” (Xitoy) va “Al Shaab” (BAA) kabi jamoalarda ham faoliyat olib borgan.
Fikrlar