Shatskix derbidagi mag‘lubiyat haqida: "Yo‘q joydan o‘zimiz xatoga yo‘l qo‘ydik"

  • 14 mart, 2024, 21:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda mezbonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Bahs yakuniga etgach, mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

- Bizning kunimiz bo‘lmadi. Yoshlarda barqarorlik etishmaydi, raqiblarga vaziyatlarni o‘zimiz sovg‘a qildik. Ular o‘sha holatlardan foydalanib, gol urib ketishdi. Barchasida yo‘q joydan o‘zimiz xatoga yo‘l qo‘ydik.

Sobirxo‘jaev markazda hujumlarimizni rivojlantirardi, bog‘lovchi bo‘lib berardi. U betob bo‘lib qoldi va bizga etishmadi. Abdumannonov ham o‘ziga kela olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!