
Sharmandali mag‘lubiyatga kim aybdor?
“Manchester Yunayted” Premer-liganing 26-turida “Liverpul”dan qaqshatqich zarbaga uchradi. Yurgen Klopp shogirdlari raqib darvozasiga javobsiz ettita golni joyladi.
Alamli mag‘lubiyatdan keyin Erik ten Xag futbolchilar uning ko‘rsatmalarini bajara olmagani va o‘zlarini professionalliklarini ko‘rsata olmaganini ta’kidladi.
- Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik, lekin tanaffusga yaqin birgina xatoga yo‘l qo‘ydik. Bellashuvning ikkinchi yarmida o‘zimizga o‘xshamadik. Bu bizning standartlarga to‘g‘ri kelmaydi. Bir jamoadek o‘ynamadik. Bu professionallik emas. G‘azabis qo‘ziyapti.
Hayratga tushyapman Chunki bir necha oydan beri bu jamoa raqobatbardosh va g‘alabaga ishtiyoqi baland ekanini namoyish qilib kelayotgan edi. Ikkinchi bo‘limda o‘ylangan rejalarni amalga oshirmadik, hech kim o‘z ishini bajara olgani yo‘q, - dedi Erik ten Xag.
Fikrlar