Shakira nega o‘ziga xiyonat qilgan Pikega katta pul taklif qildi?

  • 15 iyul, 2022, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sport va san’at olamining mashhur juftligi – “Barselona” himoyachisi Jerar Pike va kolumbiyalik xonanda Shakira o‘zaro ajrashib ketganidan keyin farzandlarning kim bilan qolishi muammo bo‘lyapti.

Tecno

Shakira ikki nafar farzandi o‘zi bilan Mayamida yashashini istayapti. U farzandlarining barcha xarajatlarini o‘z zimmasiga olishini bildirgan.

Mashhur xonandaning agentlari Pikega sud jarayonida yuzaga kelgan qarzlaridan qutilish uchun 2,5 million evro taklif qildi. Bundan tashqari, Shakira bolalari uchun Jerardan hech narsa talab qilmasligini aytmoqda.

Shuningdek, Pikega yiliga besh marta kelib, Mayamida farzandlari bilan uchrashishi, ta’tilni birga o‘tkazishi va AQShga kelib-ketish uchun yo‘l xarajatlarining barini Shakira qoplashi haqida taklif ham berildi.

Qizig‘i, Jerar Pike Shakiraning takliflarini keskin rad etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!