
Shakira haqida gapirgan futbolchi Pikedan uzr so‘radi
“Real” va Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi Oskar Rujeri “Barselona” himoyachisi Pikedan uzr so‘rashga majbur bo‘ldi.
Rujerining gaplari kataloniyaliklarni jumbushga keltirdi.
- Men uzr so‘rayman, odatda, hech qachon ishlarga oilani aralashtirmas edim. Doim futbolchilarning o‘zi haqida gapirganman. Bir gal xato qildim va kechirim so‘rashim kerak. Men Pikening oilasini xafa qilib qo‘ydim. Biz u bilan jahon chempioni bo‘lgan eng yaxshi himoyachilarmiz, - dedi Rujeri.
Fikrlar