"Sevilya" ustozi: Penalti bor edi
"Sevilya" ustozi Garsiya Pimentaning fikricha, "Sevilya" foydasiga penalti berilmagan.
Andalusiyaliklar La Liga doirasida o‘z maydonida "Barselona"ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"Biz birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik. Sabr qilishdan tashqari qanday qilib qarshi hujumga o‘tishni ham yaxshi uddaladik. Ikki vaziyatdan foydalana olmaganimizdan afsusdaman. Ular ikkinchi taymda tezkor gol urishdi va hisobda oldinga chiqib oldilar.
Menimcha, Sou bilan sodir bo‘lgan epizodda aniq penalti bor edi. Hisob 1:3 bo‘lgan payti esa hammasi tugagandi", - dedi "Sevilya" ustozi.
54-daqiqada andalusiyaliklar futbolchisi Jibril Sou "Barsa" jarima maydonchasida yiqildi. Ushbu epizodda Jyul Kunde uning elkasidan ushlab qolgandi. Bosh hakam Ernandes Ernandes ushbu vaziyat penalti uchun etarli emas, deb hisobladi.

Fikrlar