Serxio Ramos faoliyatini qaysi mamlakatda davom ettirishi ma’lum

  • 1 noyabr, 2024, 10:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirda erkin agent hisoblangan ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos faoliyatini Argentinada davom ettirishi mumkin. Relevo nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga "Boka Xuniors" klubi qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, tomonlar hozirda o‘zaro muzokaralar olib bormoqda.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, Ramosning so‘nggi klubi "Sevilya" bo‘lib, u aynan andalusiyaliklar safida professional faoliyatini boshlagan. 38 yoshli futbolchi 2023 yilning yozida erkin agent sifatida “Sevilya”ga qaytdi. Tajribali himoyachi o‘tgan mavsum andalusiyaliklar safida barcha turnirlarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yozgi mavsum oralig‘ida futbolchining jamoa bilan shartnomasi tugadi. 

Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi faoliyati davomida “Real” va PSJ kabi grand klublarda muvaffaqiyatli to‘p surgan. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra futbolchining ayni damdagi taxminiy narxi 1,8 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!