Serxio Marinangeli: "Mash’al"ning maqsadi akademiya tarbiyalanuvchilarini jahon bozoriga olib chiqish

  • 19 yanvar, 2021, 19:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik mutaxassis Serxio Marinangeli boshchiligidagi “Mash’al”ning qanday o‘yin ko‘rsatishini kuzatish juda qiziq tuyulyapti. Hozircha bu murabbiy haqida yaxshi gaplar eshityapmiz. Shunga yarasha uning qanday salohiyatga ega ekanligini amalda ko‘rish ham biz uchun muhim.

Tecno

“Mash’al” bosh murabbiyi sifatida ishga kirishganiga ham 10 kundan ortdi. Shu bois u erdagi dastlabki taassurotlari yuzasidan sports.uz muxbiri bilan fikr va mulohazalarini o‘rtoqlashdi.  

- Sizni avvaliga maslahatchi murabbiy etib tayinlashgandi. Keyin esa bosh murabbiy deb e’lon qilishdi. Bunday taklifni kutmaganmidingiz?

- Biz jamoa formasini yuqori darajaga ko‘tarishni asosiy maqsad qilib olganmiz va bu borada ish olib boryapmiz. Biz bir jamoamiz, qarorlar birgalikda qabul qilinmoqda. Har bir masalani professionallarcha debat uyushtirgan holda hal qilmoqdamiz.

- Klubdagi ishni nimadan boshladingiz va asosiy vazifangiz qanday?

- Hozirda eng muhim masala mavsumoldi tayyorgarlik ishlarini to‘g‘ri tashkil eta bilish, birinchi mashg‘ulotlardanoq futbolchilarga o‘z loyihamiz g‘oyalarini singdirishga urinyapmiz. Ularni kuchaytirish va o‘z imkoniyatlarini yanada mukammalroq namoyish etishlariga sharoit yaratish, o‘z o‘yin uslubimiz modulini shakllantirishimiz muhim.

serxio1_1

- Tarkibda qanday o‘zgarishlarn ko‘ramiz? Yana yangi legionerlarni ham taklif qilasizmi?

- Biz yigitlarning futbolga bo‘lgan munosabatlarini o‘zgartirishimiz lozim. Ular tushunishlari kerakki, futbol kichik sharoitlar va imkoniyatlar bilan ham o‘ynasa bo‘ladigan sport turi. Legionerlar masalasida gapiradigan bo‘lsam, biz o‘tgan yilda jalb etilgan chet ellik futbolchilar bilan mavsumni boshlash arafasidamiz. Yangilarni balki, transferlar oynasi yopilguncha olib kelarmiz.

- Futbolchilar bilan suhbatlashishda muammo tug‘ilmayaptimi?

- Kommunikatsiya har doim va har qaerda muhim hisoblangan. Ayniqsa, g‘oyalar kurash olib boradigan futbol maydonida. Shuning uchun biz bu borada mutaxassis jalb etdik. Ushbu o‘zbekistonlik mutaxassis Ispaniyada murabbiylik bo‘yicha tahsil olgan va jamoamiz murabbiylar shtabida faoliyat olib bormoqda.

serxio3_1

- Nima deb o‘ylaysiz, “Mash’al” – bu faoliyatingizdagi yangi chaqiruvmi?

- Ushbu jamoada bo‘lish menga iftixor tuyg‘usini beradi. Bu ulkan imkoniyatlar eshigi, demakdir. Biz mehnat qilishda davom etsak, natijalar o‘z-o‘zidan kelaveradi.

- Yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi qanday ketmoqda?

- Mehnat, mehnat va yana mehnat - bu bizning kunlik rejamiz. Oldinda biz erishishimiz mumkin bo‘lgan natijalardan motivatsiya olgan holda o‘z maqsadlarimiz ortidan ildamlaymiz.

serxio45

- Qaysi o‘zbek futbolchilariga qo‘ng‘iroq qilmoqchisiz? Aynan sizga yoqadiganlari qaysilar?

- Juda ko‘plab o‘zbek futbolchilari menga manzur bo‘ldi, ammo klub rahbariyatining maqsadi o‘z akademiyasi futbolchilarini kuchaytirib, ularni jahon bozoriga olib chiqish. Biz shu protsess ustida mehnat qilmoqdamiz.

- Murabbiylar shtabidan ko‘nglingiz to‘qmi?

- Murabbiylar shtabimiz 4 kishidan iborat: Zokirjon Xoliqov, Dilyaver Vaniev, Otabek Narzullaev va men. Biz barchamiz bir maqsad yo‘lida yig‘ilgan jamoamiz. Aytib o‘tganimdek, har bir qaror birgalikda chiqarilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!