
Sergey Arslonov: "Faoliyatimni "Surxon"da davom ettirayotganimdan juda xursandman"
“Surxon” klubi bosh murabbiy Sergey Arslonov bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi.
Yakuniga etgan mavsumda termizliklar ushbu mutaxassis boshchiligida Superligada jamoa tarixidagi eng yaxshi natijani takrorladi va ko‘pchilikda iliq taassurot qoldira oldi. “Surxon” matbuot xizmatining xabar berishicha, Arslonov bilan shartnoma 1 yilga uzaytirilgan.
"O‘z tarixi, falsafasa, hujumkor futbol yo‘nalishiga ega bo‘lgan klubda qolib, faoliyatimni davom ettirayotganimdan juda xursandman", - deydi Sergey Arslonov.
Fikrlar