Sergeev Superligadagi yubiley 100-golini urdi

  • 3 aprel, 09:51
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Paxtakor" Superliganing qoldirilgan 1-turidan o‘rin olgan "Mash’al"ga qarshi o‘yinda yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Igor Sergeev dubl qilgan bo‘lsa, Otabek Jo‘raqo‘ziev va Flamarion o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘yishdi. Shuningdek, Dilshod Rahmatullaev o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. "Sherlar" ushbu mavsumdagi ilk 3 ochkosini qo‘lga kiritdi. 

Ikkita golni urgan Sergeev "Transfermarket" ma’lumotlariga ko‘ra, Superligadagi yubiley 100-golini urdi. Hujumchi ushbu natijaga erishgan 3-futbolchi bo‘lib turibdi. Igor Temurxo‘ja Abduxoliqov (102) va Dragan Cheran (140)dan keyin 3-pog‘onada bormoqda. 

Sergeev sport formasini tiklash orqali yana terma jamoaga qaytishi mumkin. U so‘nggi marta Osiyo kubogida ishtirok etgan. Aniqrog‘i, guruh bosqichi, 3-turidan o‘rin olgan Avstraliyaga qarshi o‘yinda jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqandi. 

Sergeev Tailanddagi faoliyatidan so‘ng "Paxtakor"ga qaytganidan xabaringiz bor. U klub bilan shu yilning so‘nggiga qadar amal qiladigan shartnoma imzolagan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!