Senga yo‘l bo‘lsin! Eng zo‘r hujumchilar reytingiga 952 ta gol urgan Ronalduni kiritishmadi

  • 4 noyabr, 15:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal”ning yangi hujumchisi Viktor Dyokeresh Fantsiyaning L’Equipe jurnaliga bergan intervyusi davomida undan jahonning eng zo‘r forvardlari reytingini tuzib chiqishni so‘rashdi.

Tecno

Qizig‘i shundaki, shvetsiyalik o‘yinchi o‘zi tuzgan “top-10”ga jahon futbolida eng ko‘p – 952 ta gol urgan Krishtianu Ronalduni kiritmadi.

Dyokeresh tuzgan reyting quyidagicha ko‘rinish oldi:

Ronaldo (380 gol).

Karim Benzema (498).

Zlatan Ibrohimovich (558).

Terri Anri (411).

Luis Suares (582).

Erling Xoland (327).

Robert Levandovski (701).

Filippo Indzagi (313).

Samuel Eto'O (424).

Aleksander Isaak (161).

Viktor Dyokeresh bu ro‘yxatga o‘zini ham qo‘shdi. U hamyurti Isaak bilan birga o‘zini o‘ninchi pog‘onaga joyladi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!