
Semedu kutilmaganda zo‘r taklif oldi
“Barselona” bir necha oy davomida Nelson Semeduni Italiya va Angliya chempionati vakillariga o‘tkazib yuborishga harakat qilgan edi. Endi fikri o‘zgargan kataloniyaliklar rahbariyati bu futbolchi bilan besh yillik shartnoma borasida muzokarani boshladi.
Agar 2025 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolansa, portugaliyalik futbolchining maoshi oshadi va shuningdek, ayni paytda 100 million evro qilib belgilangan badal puli miqdori ham sezilarli darajada ko‘tariladi.
26 yoshli himoyachi 2017 yili “Benfika”dan 35,7 million evro evaziga olib kelingan edi. Yakunlangan mavsumda Semedu kataloniyaliklar tarkibida barcha musobaqalarda 40 marta maydonga tushdi.
Fikrlar