"Selta" hujumchisini "Barselona"ga sotmadi

  • 22 may, 2019, 09:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Selta" hujumchisi Maksimiliano Gomesning transferi masalasida kelishuvga erisha olmadi.

Tecno

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 22 yoshli urugvaylik futbolchi uchun 25 mln evro taklif qilishgan. Biroq, vigoliklar uni 40 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Gomes joriy mavsum “Selta” safida 36ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!