Sekeyraning matbuot anjumanidagi gaplari Portugaliyada ham ovoza bo‘ldi

  • 27 oktabr, 2021, 22:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Afsuski, oxirgi paytlarda Superligamizda mojaroli vaziyatlarga o‘zimiz istamasak ham takror va takror guvoh bo‘lishimizga to‘g‘ri kelyapti.  Maqoladagi sarlavha orqali gap nima haqda ketayotganini payqaganingizga ishonamiz. Hakamlar mavzusi asosiy o‘ringa chiqib qoldi. Ularning qarorlari tufayli bir qator jamoalarning bosh murabbiylari tomonidan matbuot anjumanlarida juda keskin fikrlar aytilyapti. Shu bilan birga maydonlarning talab darajasida emasligi ham jiddiy tanqid ostiga olinayotgani bor gap.

Tecno

23 oktyabr kuni Superliganing 23-turida “Lokomotiv” safarda “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi o‘ynadi. Unda maydon egalari raqibini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratganini bilasiz. O‘sha uchrashuvdan keyin “Lokomotiv” klubining portugaliyalik bosh murabbiyi Mikael Sekeyra matbuot anjumanini “yondirib” yubordi-a? U shu qadar jaxl ustiga mingandiki, o‘zbek futbolida ushbu tizim ishlasa, mutlaqo jahon chempionatiga chiqa olmasligini bot-bot aytib, hakamlarga e’tiborni qaratdi. Shu o‘rinda o‘sha matbuot anjumanida Sekeyraning gaplarini yana bir bor eslab o‘tsak.

sekeyra2_1

- Bugun juda qiyin va tajovuzkor o‘yin bo‘ldi. Dastlabki 20 daqiqada Qo‘qon jamoasi juda agressiv o‘ynadi va sariq kartochkalarga “sazovor” bo‘lgandi. Hakamlar esa ularni shunday o‘yin ko‘rsatishiga qo‘yib berishdi. Birinchi golni takroran ko‘rganimizda Bamba qo‘li bilan urib ketdi. Ikkinchi bo‘limda “Lokomotiv” o‘yin uslubini biroz o‘zgartirdi. Natijada birinchi bo‘limga nisbatan ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. 1:1 bo‘lib turgan mahalda qarshi hujumda Diyor Turopov yaxshi imkoniyatga chiqayotganida ko‘pchilik ko‘rgan holda aytyaptiki, uni formasidan tortib qolishdi. Ammo hakam e’tibor qilmadi.

- “Lokomotiv”ni “So‘g‘diyona”, “Paxtakor” va “Nasaf”ga qarshi o‘yinlari qoldi. Bunga qanday qaraysiz, ochko olishinglar mumkinmi?

- Avvalo, harakat qilamiz. Ammo bugun yutqazmasligimiz kerak edi. Echinish xonasida futbolchilarimiz xafa. Bugungi o‘yinni boshqargan hakam bizning uchta o‘yinimizni boshqargan bo‘lsa, uchalasida ham mag‘lubiyatga olib kelgan. Yodingizda bo‘lsa, “Bunyodkor” bilan o‘ynaganimizda ham oxirgi daqiqada to‘p uchun o‘ynalgan vaziyatda penalti belgilagandi. O‘shanda raqib 3:2 hisobida g‘alaba qozonib ketgan. Bugungi hakamlikdan o‘zim ham xafa bo‘lib ketdim. Portugaliyadan kelib hayotim davomida bunaqa hakamlikni ko‘rmaganman. O‘z fikrimni aytaman: O‘zbekiston futbolini ko‘tarilishiga bitta yo‘l bor! To‘g‘ri, akademiyalar bor, ochilyapti, ammo bu narsa masalani hal qilib bermaydi. O‘zbek futboli UEFAga a’zo bo‘lsagina ko‘tariladi. O‘zbekiston Osiyoda yuraversa, bunaqa tizim bilan hech qachon jahon chempionatiga chiqa olmaydi. O‘zbekiston UEFAga a’zo bo‘lsa, hamma narsaga erishadi.  Ana shunda chempionat ko‘tariladi, futbolchilarni bir-biriga mehri boshqacha bo‘ladi, maydonda bir-birini urib sindirishmaydi. Bu erdan kun kelib ketadigan bo‘lsam ham juda xafa bo‘lib ketaman. Nasib bo‘lsa, chempionat tugaganidan keyin bir oydan so‘ng uyimga jo‘nayman. O‘zbekistonda yaxshi iqtidorli futbolchilar bor. Lekin yaxshi hakamlar, akademiyalar ko‘paymasa, UEFAda bo‘lmasa O‘zbekistonda hech qanaqa imkoniyat bo‘lmaydi va hech qachon jahon chempionatiga chiqa olmaydi. Men O‘zbekistonga omad tilayman. Bu erda yaxshi odamlar ko‘p. Ammo bunday tizim bilan imkoniyat bo‘lmaydi, pastga qarab cho‘kib ketaveradi, - degandi o‘sha matbuot anjumanida.

Ha, bu juda keskin va jiddiy tanqid! Sekeyra bunday munosabat bildirish uchun birdaniga junbushga kelgani yo‘q. Hammasi yig‘ilib-yig‘ilib oxiri Qo‘qondagi o‘yinda “yorildi”. Shu bahonada u ichidagi gaplarni ommaga to‘kib-soldi. Uning matbuot anjumanidagi videosi internet tarmog‘ida shu qadar tez tarqaldiki, hatto futbolga qiziqmaydiganlar ham bizdan chet ellik murabbiy haqida so‘ray boshladilar.

Sekeyraning gaplari ayniqsa, Portugaliyada ham ancha shov-shuvlarga sabab bo‘lganga o‘xshaydi. Chunki Sekeyra o‘z yurtida hurmat qozongan va ko‘zgan ko‘ringan mutaxassislardan biri. Shuning uchun uning matbuot anjumanidagi fikrlari portugaliyalik hamkasblarimizning ham e’tiborini tortibdi. Natijada nufuzli nashrlar tomonidan o‘sha videosi Portugaliyada ham keng tarqaldi. Jumladan “A BOLA” Sekeyraning o‘sha matbuot anjumanidagi videosini va nima haqda gapirganini o‘z sahifalarida yoritdi. To‘g‘risi, bu aslida bizni xursand qiladigan holat emas. Chunki xorijlik murabbiyning sabr kosasi to‘lib, ichidagi bor gaplarni ommaga aytdi va bundan boshqa yurtdagilar ham xabar topyapti.

sekeyra4_1

Lekin bu hali hammasi emas ekan. Portugaliyalik murabbiylardan biri Bruno Perreyrani zukko o‘quvchilarimiz yaxshi eslasalar kerak. Bir necha oy ilgari u bilan suhbatni Sports.uz saytida chop etgandik. Bugun o‘sha murabbiy menga link yubordi va nima bo‘lyapti deb so‘radi. Qarasam, Portugaliyadagi boshqa nashr – “OJOGO” ham Sekeyraning fikrlariga e’tibor qaratib, matbuot anjumanidagi o‘sha videoni saytiga joylagan. Shulardan bilish mumkinki, “Loko” ustozining bildirgan tanqidi o‘z yurtida ham yaxshigina ovoza bo‘lib ketgan.

Ammo bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Superliga hakamlari va jurnalistlar ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda oxirgi o‘yinlarda bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan o‘yinlardagi hakamlarning qarorlari muhokama qilindi. Unga ko‘ra, “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” jamoalari ishtirokidagi o‘yindagi asosiy vaziyatlar ham e’tibordan chetda qolgani yo‘q. Qizig‘i, Sekeyra e’tiroz bildirgan epizodlar, ayniqsa, mezbonlarning gollari toza kiritilgani ma’lum bo‘ldi.

sekeyra_4

PFL matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bir qator murabbiylarning ishlari qo‘mitaga oshirildi va ularning orasida Sekeyra ham bor. Jumladan xabarda shunday deyiladi:

“Shuningdek, Superliganing mazkur turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi portugaliyalik murabbiy fikrlarini hurmat qiladi va har qanday holatda ham uni Reglamentga amal qilishga chaqiradi. Unga ko‘ra, uchrashuv hakamlarini tanqid qilishga cheklov qo‘yilmagan. Shunchaki, hakamlik masalasida xatolar kuzatilgan bo‘lsa, yozma ravishda shikoyat kiritilishi kerakligi va bu boradagi yo‘l-yo‘riqlar Reglamentda o‘z ifodasini topgan. Reglamentning 18.19-bandidan kelib chiqib, Sekeyra ishi intizom chorasi qo‘llash uchun Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirildi”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
28/10/2021 10:11
mana ertaga. Sugdiyona Nasaf uyinni yana Sugdiyona poliyasiga bulapti bulmasa yilni boshiga. poliya talabka javob bermasa. boshqa netral poliya utkaziladi devdi. bulmasa. SUgdiyona muhlislarini uzi ham toza fudbolni hush kuradi. narmalni poliyaga narmalni uyin buladi.
&
Бухорий Шариф
27/10/2021 22:51
Яҳшидир аччиқ ҳақиқат.....
Лек ширин ёлғон ёмон....
Шу ширин ёлғонга мендек,
Алданиб қолғон ёмон....
Ҳа Секейра ўзи учун тўғри деб билган, кўрганини, бор ҳақиқатини аҳири пчоқ бориб суякка тралгач гапирган. Лекин бизда доимо ҳам ҳақиқат, адолат қарор топиб ғалаба қозонаолмайди. Бир томошани қўйиб камчиликларни ёпиб ҳакамларни, тизимни оппоқ қилиб, мураббийни яна гуноҳкор қилиб, тартиб интизом қўмитаси орқали жазога ҳам тортишади. Гўёки ўзлари оппоқдек. Ў Я Т ЭЙЙЙ.
ПОРТУГАЛ ҲАҚ. БИЗДА ТИЗИМ ИШЛАМАЙДИ, РАСВО ДАРАЖАДА. ҲАКАМЛИК ДАБДАЛА КОРУПЦИЯ АВЖ ОЛГАН. ЎЙИНЛАРГА МУҲЛИСЛАР БЕКОРДАН ТУШИШМАЙ ҚЎЙГАНИ ЙЎҚКУ. САБАБИ БОРДА АЛБАТТА. СТАДИОНЛАР АҲВОЛИ ЧИМ МАЙСАСИ ЙЎҚ. ҚИСҚАСИ АВВАЛГИЛАРГА ЎҲШАМАС......
Шокиров Каландар
28/10/2021 06:11
, Яратгандан етгзганинга шкур Деймиз Юртимиз ФУТЬБОЛ Шаьнини Муносиб Химоя Килишини ГАЙРИДИН БУЛСАДАДА ЮРТИМИЗДА.БОР ХАКИКАТ НИ.ОЧИШ ШУНАКА УЗ КАСБИГА. СОДИК БУЛГАН ИНСОН ОРКАЛИ БУТУН ДУНЙО БИЛДИ БУ ХАММАСИ ЯХШИЛИККА.