
Saul Alvares va Billi Jo Sonderc jangida bokschilar qancha ishlab topishi ma’lum bo‘ldi
Oldin xabar berganimizdek 8-may kuni (Toshkent vaqti bilan 9-may tongida) WBC va WBA chempioni meksikalik Saul Alvares britaniyalik WBO chempioni Billi Jo Sonderc bilan birlashtiruvchi jangda ringga ko‘tariladi. Mazkur bahs oldidan bokschilaring kafolatlangan gonorarlari miqdori ma’lum bo‘ldi.
Sportekz.com saytining xabar berishicha, Saul 15 million, Sonders esa 2,5 millionga ega bo‘ladi. Qolaversa, pullik translyatsiyadan tushgan mablag‘larning 60 foizi Saulga, qolgan 40 foizi Sondersga beriladi.
Fikrlar