Saul Alvares faoliyatini qachon yakunlaydi?

  • 10 aprel, 14:53
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

WBC, WBA va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni Saul "Kanelo" Alvares faoliyatini qachon yakunlashini aytdi.

Tecno

"Boksda ko‘p yutuqlarga erishdim. Barcha eng yaxshi jangchilar bilan ringda tengma-teng kurashdim. Turli vazn toifalarida ko‘plab unvonlarni qo‘lga kiritdim. Menimcha, endi to‘xtash vaqti kelmoqda. O‘ylashimcha, 37 yoki 38 yoshda qo‘lqoplarimni mixga ilsam bo‘ladi" - deya meksikalikning so‘zlarini keltirdi "TMZ".

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli Alvares navbatdagi jangini 3 may kuni Uilyam Skullga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!