Saudiya Superkubogi. "Al-Axli" "An-Nasr"ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi, Ronaldu esa yana sovrinsiz qoldi

  • 23 avgust, 18:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Superkubogidan o‘rin olgan "Al-Axli" - "An-Nasr" o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Bellashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa "Al-Axli" 5:3 hisobida g‘alaba qozonib, kubokni boshi uzra ko‘tardi. 
 
Dastlab to‘qnashuvning 41-daqiqasida Krishtianu Ronaldu penaltidan unumli foydalangan holda, hisobni ochgan edi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarning oltinchisi o‘tib borayotganda Frank Kessi hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning 82-daqiqasida esa "Inter"ning sobiq futbolchisi hisoblangan Brozovich jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq, 89-daqiqada Ibanes yana hisobni tenglashtirdi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu ushbu bellashuvdagi goli orqali 4 klub safida 100 tadan ziyod gol urgan yagona futbolchiga aylandi.

Tecno

  • Saudiya Arabistoni - Superkubok
  • Final

An Nasr

  • Cristiano Ronaldo  41'
  • Marcelo Brozović 83'
P.S.
2 : 2

23.08.2025 17:00

Al Ahli

  • Franck Kessié 45'
  • Roger Ibañez 89'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!