Saudiya klubi "Barselona" yulduziga 200 millionlik maosh taklif qilmoqda

  • 24 aprel, 14:41
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Rafinya yozda kataloniya klubini tark etishi mumkin. Ispaniyaning "Sport" nashrining xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi Rafinyaga yillik 50 millionlik, 4 yilga mo‘ljallangan shartnoma taklif qilyapti. Agar, u Ar-Riyod klubiga o‘tsa, 4 yil ichida 200 million evro ishlab topishi mumkin.

Tecno

Bundan tashqari, "Al-Hilol" "Barsa" braziliyalik vingerni qo‘yib yuborishi uchun 100 million evro to‘lashga tayyor. Kataloniya klubi Rafinyani tarkibda saqlab qolmoqchi, biroq yakuniy qarorni futbolchining o‘zi qabul qiladi.

O‘tgan yozda ham saudiya klublari uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lishgan, lekin o‘shanda bosh murabbiy Xans-Diter Flik uni qolishga ko‘ndirgan. Bu qaror to‘g‘ri bo‘lib chiqdi va 28 yoshli Rafinya hozirda "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi. U joriy mavsumda 49 o‘yinda 30 ta gol urdi va 23 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!