
Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston uchrashuvini 2 ta sharhlovchi sharhlaydi
Bugun 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati yarim finalidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston uchrashuvi o‘tkaziladi. G‘alaba qozongan jamoa Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Ushbu muhim o‘yinni "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi. Bellashuvni Murod Rizaev va Eldor Mustafoev birgalikda sharhlab boradi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziev telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15:15da start oladi.
Fikrlar