Sarvarbek Zafarjonov shohsupa to‘ridan joy oldi

CHERY AUTO

Xalqaro birdamlik musobaqasining uchinchi kuniga -89 kg vazn toifasidagi erkaklar bahsi yakun yasab berdi. Unda yurtimiz sharafini Sarvarbek Zafarjonov himoya qildi.

Tecno

Og‘ir atletikachimiz dast ko‘tarish mashqida 160 kg og‘irlikni o‘ziga bo‘ysundira oldi. Shu o‘rinda, Zafarjonov eng yaqin taqibchisini 14 kilogrammga ortda qoldirganini ta’kidlab o‘tish lozim.

Siltab ko‘tarish mashqida Sarvarbek birinchi urinishdayoq 182 kg tosh ko‘tarib, musobaqa oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Erkaklar, -89 kg:

Sarvarbek Zafarjonov (O‘zbekiston) – 342 kg (160 kg + 182 kg)

Kristofer Osei (Gana) – 327 kg (146 kg + 181 kg)

Axmed Njoya (Kamerun) – 291 kg (126 kg + 165 kg)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!