Sarri: Ronalduning o‘z shaxsiy manfaatlari bor

  • 6 iyul, 2021, 12:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Latsio” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri “Yuventus”da Krishtianu Ronaldu bilan ishlagan paytlarini yodga oldi.

Tecno

“Bu futbolchini boshqarish oson emas. Ronalduning jamoadan tashqari o‘z shaxsiy manfaatlari bor. Biroq, u haqda statistika gapiradi, buni har bir mavsum oxirida ko‘rish mumkin”, - dedi italiyalik mutaxassis.

36 yoshli Ronaldu o‘tgan mavsum A Seriyada jami 33 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 29 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Krishtianuning “keksa sinora” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. U “Yuventus” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!