
Sardor Rashidov: "Paxtakor" o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchungina keladigan klub emas"
Bilasiz, ertaga O‘zbekiston Superkubogidan o‘rin olgan "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Ushbu o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" futbolchisi Sardor Rashidov ishtirok etdi.
– Raqibning o‘yini menga yoqadi. Muxlislari ham yaxshi muhit yuzaga keltirishadi. Biz "Paxtakor" ishqibozlariga sovrin bilan xursandchilik taqdim etishni xohlaymiz.
"Paxtakor" o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchungina keladigan klub emas, bu katta klub. Hozir jamoaga g‘alabalar uchun yordam berishni istayman. Bu yil Chempionlar Ligasida nimalarga qodirligimizni ko‘rsatishni xohlaymiz. O‘zbekistonda jamoa kim ekanini ortig‘i bilan isbotlab bo‘lgan.
Fikrlar