Sardor Abduraimov "Metallurg"da qoladigan bo‘ldi

  • 19 yanvar, 2024, 08:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

XXXIII milliy chempionat boshlanishiga 40 kun qoldi. Yangi mavsumga katta niyatlar bilan hozirlik ko‘rayotgan "Metallurg" jamoasi tarkibida yangilanish jarayoni yakunlanib bormoqda. O‘tgan yilgi asosiy tarkib o‘zagini saqlab qolgan “Metallurg” shartnoma muddati tugagan yana bir tajribali o‘yinchisi bilan kelishuvni uzaytirdi. Tayanch yarim himoyachi Sardor Abduraimov bu yilgi mavsumda ham “Metallurg” sharafini himoya etadi.

Tecno

Sardor Abduraimov o‘tgan mavsumning ikkinchi davrasida “Metallurg” safiga kelib qo‘shilgan, bekobodliklar tarkibida barcha 13 uchrashuvda maydonga tushgandi.

“Metallurg” bunga qadar shartnoma muddati tugagan Akmal Ortiqov, Abror Toshqo‘ziev, Ergash Ismoilov singari tajribali o‘yinchilari bilan ham kelishuvni uzaytirgandi. O‘z navbatida klub Behruz Shodmonov va Husniddin G‘ofurovning boshqa klublarda to‘p surish istagiga monelik ko‘rsatmadi. Ularning har ikkalasiga Bekobod futboli ravnaqi yo‘lida qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz va kelgusi faoliyatiga omad tilaymiz, - deya xabar bermoqda "Metallurg" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!