
Santilyana ("Real"ning sobiq hujumchisi): "Hujumchilarimiz xohlagan himoyachini yo‘q qilib yuborishi mumkin"
"Real"ning sobiq hujumchisi Santilyana "Real" qanday qilib "Barselona"ni mag‘lub etish haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, maslahat berdi.
"Bu vaziyat 1973/74 yilgi mavsumda bo‘lgan voqealarga o‘xshash. O‘shanda ham "Barsa" "Real"ni safarda 4:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Lekin final boshqa: u 90 daqiqa davom etadi va uning tartibi La Ligadagi o‘yinga o‘xshamaydi.
Bizda juda tezkor va mahoratli o‘yinchilar bor, ayniqsa hujumda, ular har qanday raqibning kechasini buzib qo‘ya oladi.
Hamma "Barsa" albatta g‘alaba qozonadi, deb o‘ylayapti, lekin men bunga qo‘shilmayman. Bu teng va juda qizg‘in o‘yin bo‘ladi, lekin hech qaysi jamoa katta ustunlikka ega bo‘lmaydi", – dedi "Real"ning sobiq hujumchisi.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi bellashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.
Fikrlar