
Sanchoning transferidan "Manchester Siti" qancha foyda ko‘radi?
Xabaringiz bor, "Borussiya" Dortmundning hujumkor yarim himoyachisi Jeydon Sancho faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettiradigan bo‘ldi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Sanchoni 2017 yilda “Borussiya”ga sotib yuborgan "Manchester Siti" hozirgi transferdan 15 foiziga egalik qiladi.
Bundan avvalroq MYu 21 yoshli angliyalik futbolchi uchun 85 million evro to‘lashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Agar shunday bo‘lsa, "Siti" Sanchoning transferidan 12 million evro foyda ko‘radi.
Jeydon Sancho "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U2015-2017 yillarda “shaharliklar” tuzilmasida bo‘lgan.
Fikrlar