
Sancho uchun kurashga "Yuventus" ham qo‘shildi
"Manchester Yunayted"ni qishda tark etishi kutilayotgan Jeydon Sancho uchun kurashga "Yuventus" ham qo‘shildi, deya xabar bermoqda "Daily Mail" nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, vingerning MYudagi faoliyati o‘z nihosiga etib bo‘ldi. Bosh murabbiy Erik Ten Xag uni jamoaga qaytarish niyatida emas.
Mish-mishlarga ko‘ra, Sanchoni "Borussiya" ortga qaytarishga harakat qilib ko‘radi. Futbolchi ayni damda Germaniya klubi bilan aloqada bo‘lib turibdi.
Fikrlar