Sanches 2018 yil MYuga ko‘chib o‘tganidan so‘ng birinchi kunning o‘zida "Arsenal"ga qaytishni xohlagan

  • 4 sentabr, 2020, 13:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” forvardi Aleksis Sanches 2018 yil “Arsenal”dan “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tgan paytlarini yodga oldi.

Tecno

“Vaziyatdan foydalanib, "Manchester Yunayted"ga o‘tdim, bu menga jozibador tuyuldi. Bolaligimdan bu jamoa menga juda yoqardi. Men shartnomani imzoladim, ammo klub ichida nima bo‘layotganini bilmasdim.

Ba’zan shunday bo‘ladiki, siz o‘zingiz shu vaziyatga tushmaguningizcha ba’zi narsalarni his qilmaysiz. Men birinchi mashg‘ulotdayoq juda ko‘p narsalarni tushunib etdim.

O‘sha mashg‘ulotdan so‘ng, uyga kelib, barchasini oila a’zolarimga gapirib berdim va agentimdan “Yana “Arsenal”ga qaytish imkoniyati yo‘qmi?”, deb so‘radim. Ular kulib yuborishdi. Men ularga bu erda nimadir noto‘g‘ri ekani va yaxshi emasligini aytdim. Ammo shartnoma allaqachon imzolangan va men MYu futbolchisiga aylanib bo‘lgan edim”, - deydi chililik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!