Samvel Babayan iste’foga chiqadimi?

  • 31 avgust, 2023, 00:33
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z telegram kanalida “Navbahor” jamoasi ustozining postini tark etishi borasidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi. Uning ma’lum qilishicha, mutaxassis hech qaerga ketmaydi va o‘z ishini davom ettiradi.

Tecno

“Samvel Babayan hech qaerga ketmaydi. U terma jamoada ishlab yurgan chog‘lari qilingan bosimlar oldida bunisi hech narsa emas. Butun O‘zbekiston "Baba aut" jumlasini shiorga aylantirganda ham hech narsa o‘zgarmagan. Hozir ham o‘zgarmaydi.

Murabbiyni qo‘lida OChL deb nomlangan "kozer qarta" bor. Qo‘shimchasiga, "Paxtakor" tark etgan O‘zbekiston kubogida  chorak finalga chiqib qo‘ydi. Rahbariyat bu vaziyatda mutaxassisga javob bersa, klubda "xaos" ko‘tarilishini yaxshi biladi. Bu esa 20 yil deganda ushalgan orzuni bila turib rasvo qilish bilan barobar. 

Samvel Babayan 2,5 yil avval qaerga va nima uchun kelayotganini juda yaxshi bilgan. Shunday ekan, hech qanday iste’fo bo‘lmaydi. Bu qaror to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi borasidagi barcha farazlar bahsli. Ularning qay biri to‘g‘ri ekanligini vaqt o‘tgach bilish mumkin”. 

psh43oshp34op

Ayni damda, Superliga jadvalida “Navbahor” 34 ochko jamg‘argancha, ikkinchi pog‘onada bormoqda. Birinchi o‘rinda borayotgan “Paxtakor” eng yaqin ta’qibchisidan hozircha 7 ochkoga ilgarilab ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
А689 НМ
03/09/2023 11:21
Чемпионлик йулидаПахтакорнинг танклари Нефтчини 6 очкосини кандай йукка чикарганини эьтиборга олинса Пахтакор яна 7 очко йукотганда хам Навбахор колган уйинларни галаба килса хам Навбахорни хам улар йулини килиб чалади бу йил хам суньий чемпион Пахтакор булади бошка жамоалар учун алвидо чемпионлик. Бабаян уйгониши керак кубок уйинни хам барбод килса чемпионлар лигасида гурухдан чикмаса 100% кетади айникса кубокдан чикиб кетса яхши булмайди кубокни олсагина хаммасини ёпиб юборади бу аник.
&
Farziddin
31/08/2023 09:58
Babayanni har qanday holatda ham haydab yuborish xato. Shu mavsum tugatsin keyin oʻylab koʻrish kerak. Agar Ochlda sharmanli, ichki chempionatda kuboksiz qolsa keyin haydasa boʻladi
&
SSK
31/08/2023 09:54
Shangha Pula, vay durrak
&
Sardorbek 5555
31/08/2023 06:25
Xozir babayanni almashtirish notugri qolaversa 25-yil sungigacha shartnomasi bor kanchelskisdaka qolgan pulimni ber deb turvoladi bizni uzbekistonda murabbiy bilan uzoq muddatli shartnoma tuzish xato tugri uzaro kelishib shartnomani bekor qilish mumkin shunda ham navbaxor yutqizadi yemagan somsaga pul tulaydi sabr qilaylikchi balki yaxshi bub ketar
Fahriddin
31/08/2023 05:55
Hozir Babayanni istefoga chiqarish mantiqsizlik buladi. Hozir hamma Navbahor muhlislari emotsiada.
&
jamolidin
31/08/2023 03:23
PUL BERMAYABDI FUTBOLCHILARNI UWANI UCHUN KUZI YONIB TUWMAYABDI UYINGA
Ilhomjon
31/08/2023 02:20
Навбахор га Нима Буляпти????