Samvel Babayan: "Biz "Paxtakor"ni quvib etish emas, keyingi uchrashuvlarga bosh qotirishimiz kerak"

  • 31 avgust, 2023, 09:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

 Coca Cola Superligacining 18-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – OKMK (0:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

Tecno

Odatdagidek, Samvel Vyacheslavovich o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Assalomu alaykum! Uchrashuv kurashlarga boy tarzda kechdi va hammaning e’tiborini tortdi. Avvalgi bahslarda bo‘lgani kabi, bugungi o‘yinda ham juda ko‘p vaziyatlar yaratdik, lekin ulardan foydalana olmadik. To‘p darvozaga kirmayapti. Bir nechta o‘yindan buyon shunday holat ro‘y bermoqda. To‘g‘risini aytsam, yigitlarni nima sababdan tergashni ham bilmayman. Bugungi raqibimiz – OKMK Superliganing kuchli jamoalaridan biri, tarkibidan yuqori saviyali futbolchilar o‘rin olishgan, xuddi “Navbahor” kabi OChL guruh bahslari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bir so‘z bilan aytganda, kuchli jamoaga qarshi yaxshi o‘ynadik, ammo hujumlarni yakunlash borasida oqsadik. 

- “Navbahor” bugun yana ochko yo‘qotdi. “Natijada “Paxtakor”  bilan ochkolar farqi 7 taga etdi. Joriy mavsumda jamoa uchun chempionlik kurash yakunlandi, deb hisoblasak bo‘ladimi?

- Ob’ektiv fikrlasak, 7 ochkolik farq ancha katta. Ammo ayni paytda biz “Paxtakor”ni quvib etish emas, keyingi uchrashuvlar borasida bosh qotirishimiz kerak. Keyingi har bahsga yuz foiz tayyor bo‘lish bizning asosiy vazifamiz. Yana takrorlayman, o‘yin sifati bo‘yicha hech kimdan qolishmaymiz. Jizzaxda bo‘lib o‘tgan so‘nggi o‘yinda tushunarsiz holat ro‘y berdi. Himoyachimiz ketma-ket ikki marotaba yiqilib tushdi va o‘sha vaziyatlardan so‘ng, o‘z darvozamizdan ikkita to‘p o‘tkazib yubordik. Barcha gap-so‘zlarni unutib, hamma e’tiborni o‘yinimizga va ruhiy holatimizni yaxshilashga qaratamiz. Chempionat yakunida esa nechanchi o‘rinni egallaganimizni bilib olamiz.

- “Navbahor” joriy mavsumdagi asosiy vazifalaridan biri, ya’ni Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritganidan so‘ng, qatorasiga ikki uchrashuvdan beri g‘alaba qozona olmayapti. Buning sababi nimada? Ruhiy tayyorgarlikda muammo bormi? Futbolchilaringizning omadi kelmayotganining qandaydir sababi bormi?

- Klub uchun o‘ta muhim bo‘lgan uchrashuvlardan so‘ng emotsional charchoq bo‘ladi. Biz Jizzaxda raqibni o‘yin bo‘yicha mag‘lub etdik. 13 ta burchak zarbasi va juda ko‘p xavfli vaziyatlar yaratdik. Sabab nimada deysizmi? Bunga sabab, biz yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olmayapmiz. Futbolchilar bugun kuchli motivatsiya bilan maydonga chiqishdi.

- Ikki turdan buyon futbolchilarda charchoq alomatlari sezilmoqda. Zaxira futbolchilarga imkon berish vaqti kelmadimi yoki zaxira futbolchilarining darajasi etarlicha emasmi?

- Charchoq alomatlarini qaerda sezdingiz?

- “So‘g‘diyona”ga qarshi kechgan uchrashuvning 60-daqiqasidan so‘ng jamoa umuman hujum tashkil qila olmadi...

- Biz o‘sha bahsning 2-bo‘limida faqat hujum qildik. Agar jamoa charchab qolsa, himoyalanadi. Biz esa 95-daqiqada ham hujumda edik. Bu sizning fikringiz, men fikringizga qo‘shilmayman. Rotatsiya qilish masalasiga keladigan bo‘lsak, bugun futbolchilarga imkon berdik va ular o‘yinni kuchaytirishdi. Yaxshiboev o‘z vaziyatidan foydalana olganida, o‘yin boshqacha yakun topar edi. Ostonda ham kamida beshta vaziyat bo‘ldi, naqd beshta. Gol ura olmayotganimiz – psixologik muammo. Men ushbu savolga hali javob topa olmadim.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
31/08/2023 11:24
Бабаян С.В яхши тренер эмас , у яхши ташкилотчи , мени фикрим Навбахорга яхши бош тренер олиш керак масалан У.Бакоев ни олиш керак , шундан сунг Узбекистон терма жамоаси футболчиларидан ташкил топган Навбахор чемпион булади.
Gulomqodir Askhanov
31/08/2023 11:02
Бабаян Самуел Вячеславович битта кучкор куй олиб суйиб .команда билан табиат куйнига чикиб имом домла ва. ( Поп ни олиб чет эл футболчилари учун ) укитиб юборинг ракиб команда дарвозалари очилиб кетади рухият кутарилади - яна бир марта укитиш зарар килмайди кузлага тегади.
Кахрамонжон Сафаров
31/08/2023 09:49
Бабани айтилмаган эртаклари хали куп янги-янгиларини айтиб юраверади
Farhod Qudratov
31/08/2023 15:43
Чемпион булади худо хохласа