
Sambochilarimiz Rossiyadagi xalqaro turnirda ishtirok etadi. Tarkib bilan tanishing!
Sambochilarimiz "Tatariston Respublikasi Prezidenti kubogi"ga jo‘nab ketishdi.
3-4 oktyabr kunlari Tataristonning Qozon shahrida sambo bo‘yicha "A toifa"dagi "Tatariston Respublikasi Prezidenti kubogi" o‘tkaziladi.
Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik sambochilar ham ishtirok etishadi. Musobaqada qatnashadigan sportchilarimiz bugun Qozonga jo‘nab ketishdi.
Terma jamoamiz turnirga quyidagi tarkibda yo‘l oldi:
Sambo:
-64 kg: Zafarbek Xamroqulov
-71 kg: Tohir Asrorov
-79 kg: Firdavs Xojimamatov
-88 kg: Oybek Do‘smurodov
-98 kg: Ne’mat Yoqubov
-98 kg: Elbek Abdullaev
Jangovar sambo:
-58 kg: Dilshod Gadoev
-64 kg: Oybek Soliev
-71 kg: Azizbek Davronov
-71 kg: San’at Ismonov
-79 kg: Sherzod Ismonov
Delegatsiya rahbari: Alisher Alimov.
Musobaqa davomida hamyurtimiz Rustam Odilov hakam sifatida faoliyat olib boradi.
O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar