
Sambo: Vladimir Putinning murabbiyi Toshkentga keldi
Xabaringiz bor, bugundan boshlab, poytaxtimizda sambo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati start oldi. Mazkur musobaqa uch kun davom etadi. Ushbu munosabat bilan Toshkentga bir qator nufuzli mexmonlar tashrif buyurmoqda. Jumladan, Xalqaro sambo federatsiyasi prezidenti, Vasiliy Borisovich Shestakov va Rossiya sambo federatsiyasi prezidenti Sergey Eliseevlar erta tong 02.30 da "Islom Karimov" xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Ma’lumot uchun, Vasiliy Shestakov Rossiya mamlakati rahbari Vladimir Putinning murabbiyi hisoblanadi.
Quyida kutib olish marosimidan fotogalareyani e’tiboringizga havola etamiz.
Fikrlar