
Sambo: Shahzoda Azatova jahon chempioni!
Qozog‘istonning Astana shahrida sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati qizg‘in tus olmoqda.
Musobaqaning kechagi 2-kuni ham o‘zbekistonlik sambochilar uchun omadli kechdi. Murabbiylar Jahongir Qoraboev, Roman Shakirov va Ekaterina Bliznetsova boshchiligidagi terma jamoamiz a’zolari kecha kun davomida 1 ta oltin, 3 ta kumush medallarini qo‘lga kiritishdi.
Yurtdoshlarimiz safida Shahzoda Azatova jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Sardor Olimjonov, Ozodbek Murotov va Mavluda Abdullaeva finalga qadar etib borib, kumush medalni terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘yishdi.
-59 kg: Shahzoda Azatova (jangovar sambo) (oltin)
-64 kg: Sardor Olimjonov (kumush)
-98 kg: Ozodbek Murotov (jangovar sambo) (kumush)
-80 kg: Mavluda Abdullaeva (jangovar sambo) (kumush).
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning birinchi kunida sambochilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush medallarni qo‘lga kiritgandi. Bugun ham musobaqa davom etmoqda. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati.
Fikrlar