
Sambo: Jahon chempionatida to‘rtinchi bo‘ldik yoxud terma jamoamiz tantanali ravishda kutib olindi
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida sambo va jangovar sambo bo‘yicha Jahon chempionatidan qaytgan sportchilarimizni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Orkestrning musiqasi ostida ishtirokchilarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xodimlari, muxlislar, OAV xodimlari hamda sportchilarning yaqinlari tomonidan tantanali kutib olindi.
Sambo bo‘yicha 2019 yilgi Jahon chempionatida mamlakatimiz vakillari 7 ta medal, jumladan 1 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.
Terma jamoamiz umumjamoa hisobida 80 ta mamlakat ishtirokchilari orasida 4-o‘rinni egallashdi!
Fikrlar