
Saloh safga qaytdi! Klopp buni tasdiqladi
Muhammad Saloh "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvga qadar safga qaytadi. Bu haqda Yurgen Klopp ma’lum qildi.
"U biz bilan. Saloh ikki kundan beri mashg‘ulot o‘tkazmoqda va kuchga to‘la. Uning safga qaytgani ajoyib yangilik. Bu juda ham yaxshi. Ko‘rib turganingizdek, u baxtli.
"Brentford"ga qarshi uchrashuvda u qaytdi. Aqlbovar qilmas o‘yin ko‘rsatib, yana jarohat oldi. Biz mavsumning shiddatli qismida turibmiz. Hamma sog‘ bo‘lishi juda muhim", - dedi "qizillar" ustozi.
Fikrlar