
Salah Ouennnig rekordini yangiladi
"Manchester Siti" shanba kuni Angliya Premer-ligasining 29-turi doirasida "Liverpul"ni qabul qildi. Bu o‘yinda hisobni jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo‘llagan Muhammad Saloh ochdi.
"Goal" portali xabariga ko‘ra, Salah Maykl Ouenning rekordini yangiladi va safardagi o‘yinlar bo‘yicha "Liverpul"ning APLdagi eng yaxshi to‘purariga aylandi. Ayni damda misrlik futbolchida premer-liga safar o‘yinlarida 56 ta gol bor, Ouenda esa 55 ta.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Muhammad APLda "Liverpul" tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangan edi. Endi misrlik futbolchining chempionatdagi klubi safida 130 ta gol bor.
Fikrlar