
"Saint louis rapid and blitz 2025". Ertaga AQShda 175 000 dollarlik musobaqa start oladi
Ertaga AQShda shaxmat bo‘yicha yana bir katta musobaqa start oladi. Bu loyiha GCT’ning bu yilgi 4-turniri bo‘lib, 11–15 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi va uning mukofot jamg‘armasi 175 000 dollarni tashkil qiladi.
Turnirning e’tiborli jihati shundaki, GCT umumiy jadvalidagi poyga va Final yo‘llanmalari uchun kurash aynan shu bosqichda keskinlashadi.
Musobaqa formati quyidagicha:
O‘yinlar 3 kun rapid (25+10) va 2 kun blits (5+2) formatida o‘tkaziladi: rapidda g‘alaba 2 ochko, blitsda g‘alaba 1 ochko (rapid 9 tur, blits ikki martalik aylanma, 18 tur).
E’tiborli tomoni unda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi. Hamyurtimizga musobaqada omad tilaymiz.
Fikrlar