Sabina Sharipova bugun "Uimbldon"da kortga chiqadi

  • 25 iyun, 2019, 10:55
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Bugun Angliyaning London shahrida "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turnirining saralash bahslarida ilk davra bahslari o‘tkaziladi.
 
Sovrin jamg‘armasi 38 million funt sterlingni tashkil etuvchi mazkur musobaqaning saralash bosqichida mamlaktimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova ham ishtirok etmoqda.
 
Sabina ushbu davrada slovakiyalik Kristina Kuchovaga qarshi kortga chiqadi. Ular o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan 18:45dan so‘ng o‘tkaziladi.
 
Eslatib o‘tamiz, "Uimbldon" musobaqasining erkaklar o‘rtasidagi bahslarda hamyurtimiz Denis Istomin o‘z ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri asosiy to‘rning birinchi davrasidan boshlaydi. Turnirning asosiy to‘r bahslariga 1 iyul kuni start beriladi.
 

62060214_2383695038378219_761849379187433830_n

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!