
Rustam To‘laganov Moskvada jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda (video)
Profescional boksning yarim og‘ir vazn toifasida faoliyatini olib borayotgan Rio Olimpiadasi sovrindori Rustam To‘laganov (3-0, 1 KO) o‘zining navbatdagi jangini 29 yanvar kuni Moskvada o‘tkazishi haqida xabar bergan edik. Hozir To‘laganov Moskvaga etib borgan va Eduard Kravtsov bilan jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
8 raundlik qilib belgilangan jangda To‘laganovga kolumbiyalik Beybi Berrosal ( 17-7, 16 KO) raqiblik qiladi. Shu bilan birga ushbu kechada og‘ir vazn toifasida yana bir o‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullajonov ham o‘zining debyut jangini o‘tkazadi.
Fikrlar