Ruslan Abdullaev: Maqsadim - jahon chempionligini qo‘lga kiritish

  • 2 may, 2023, 14:32
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha jahon chempionatida -63,5 kg vazn toifasida Ruslan Abdullaev Puerto-Riko vakili Manuel Febusga qarshi ringga chiqdi. Hamyurtimiz raqibiga imkoniyat qoldirmay, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Jangdan so‘ng Ruslan Abdullaev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

photo_2023-05-02_12-17-13

- Bugungi jang juda yaxshi bo‘ldi. Allohga shukr, jahon chempionatidagi jangni g‘alaba bilan boshlab oldik. Endi keyingi raqiblarga qarshi bellashuvga yaxshilab tayyorgarlik ko‘ramiz. Maqsadim - jahon chempionligini qo‘lga kiritish. Murabbiylarimga rahmat aytaman.

Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Jahon chempionatiga eng kuchli sportchilar keladi. Mana ilk jangni yutib oldim. Ozgina bosim bo‘ldi. Muxlislarga rahmat aytaman, - dedi Ruslan Abdullaev. 

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!