Runi "Derbi"dagi debyut golini urdi

  • 29 yanvar, 2020, 09:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Derbi Kaunti" hujumchisi Ueyn Runi Chempionshipning 29-turida "Luton" (2:3) darvozasini ishg‘ol etdi.

Tecno

34 yoshli futbolchi uchrashuvning 63-daqiqasida hisobni ochdi. Ushbu gol Runi uchun jamoada kiritgan dastlabki goli bo‘ldi.

Shu qatorda, Runi Angliya chempionatida 2017 yilning dekabridan buyon ilk goli bo‘ldi. Angliyada so‘nggi bor, "Everton" safida "Suonsi" darvozasini ishg‘ol etgan edi.

Ma’lumot uchun, Runi "cho‘chqalar" tarkibiga shu yilning yanvarida kelib qo‘shildi va debyut uchrashuvida jamoa sardori sifatida maydonga tushgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!